29 Sentyabr 2024 210

Triatlonchilarimiz Osiyo kubogida oltin va bronza medallariga ega chiqishdi

27-28-sentyabr kunlari Qozogʻistonning Turkiston shahrida triatlon boʻyicha Osiyo kubogi bosqichi oʻtkazildi. Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari 1 tadan oltin va bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Oltin medalni ayollar oʻrtasidagi bahslarida Alina Hakimova qoʻlga kiritdi. Erkaklar oʻrtasidagi bellashuvlarda esa Jeremi Kuindos marra chizigʻini uchinchi boʻlib kesib oʻtdi.

Text to speech