28 Sentyabr 2024 279

Soliq qoʻmitasi kubogi yosh iqtidorli stol tennischilarni kashf qildi

27-28-sentyabr kunlari poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida stol tennisi boʻyicha Soliq qoʻmitasi kubogining Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Iyul-sentyabr oylarida turnirning mahalla, tuman va viloyat bosqichlari oʻtkazilib, eng sara yosh iqtidor egalari hal qiluvchi bahslarda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi.

Musobaqaning ochilish marosimida Sport vaziri Adham Ikramov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi, mamlakat stol tennisi federatsiyasi rahbari Sherzod Kudbiyev, Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ishtirok etishdi. Rasmiylar bu kabi turnirlar mamlakatimizda stol tennisining ommaviyligini yanada oshirishga xizmat qilishini alohida taʼkidlab oʻtishdi.

Bellashuvlar U11, U15 va 15 yoshdan katta boʻlgan yosh toifalarida tashkil etildi. Qiziqarli oʻyinlar yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech