28 Sentyabr 2024 133

Bahrom Mendiboyev va Gulnora Aripova davlat mukofotlariga sazovor bo‘lishdi

1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh soha fidoyilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq davlat mukofotlariga sazovor boʻlishdi.

Xususan, ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Mendiboyev “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni, kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Gulnora Aripova “Sogʻlom turmush” medali bilan taqdirlanishdi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi davlat mukofotiga sazovor boʻlgan har ikki murabbiyni samimiy qutlab, ularning kelgusi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech