27 Sentyabr 2024 335

Bokschi qizlarimiz federatsiya bazasida yigʻin oʻtkazishmoqda

Boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi federatsiya bazasida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshladi. Mazkur yigʻin 28-noyabr - 12-dekabr oylarida Iordaniyada oʻtadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.

Bosh murabbiy Elshod Rasulovga koʻra, ushbu yigʻin 4-oktyabrga qadar davom etadi. Shuningdek, u togʻda jismoniy yuklamalar asosida oʻtgan yigʻindan soʻng hozirda sportchilarning texnikasini oshirishga ahamiyat berilayotganini qoʻshimcha qildi.

Bu uch bosqichli yigʻinning ikkinchisi hisoblanadi. Rejaga koʻra, qitʼa birinchiligi yoʻlidagi soʻnggi tayyorgarlik yigʻini 5-20-oktyabr kunlariga moʻljallangan.

Text to speech