30 Iyun 2021 2190

Andrey Abduvaliyevni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi, Olimpiada chempioni Andrey Abduvaliyev o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Abduvaliyev Andrey Hakimovich 1966-yil 30-iyun kuni tug‘ilgan. Yengil atletikaning bosqon uloqtirish yo‘nalishi bo‘yicha Barselona-1992 Olimpiya o‘yinlari chempioni. Andrey Hakimovich, shuningdek, 1993-yil Shtutgart va 1995-yil Gyoteborgda o‘tgan jahon chempionatlari g‘olibi, Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlari sovrindori ham sanaladi.

Xizmat ko‘rsatgan sport ustasi unvonini qo‘lga kiritgan qahramonimiz 2000-yilda sportchilik faoliyatini tugatgan. Hozirda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi va Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimlarida ish olib bormoqda. Joriy yil davlatimiz tomonidan “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Andrey Abduvaliyevni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech