Yosh taekvondochilarimiz jahon chempionatida to‘liq tarkibda ishtirok etishadi
1-6-oktyabr kunlari Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Toshkentda o‘tgan yakuniy yig‘indan keyin yoshlar terma jamoamiz murabbiylar shtabi mazkur musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimiz tarkibini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bo‘lajak dunyo birinchiligida quyidagi taekvondochilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi:
Yigitlar:
-45 kg: Dilmurod Ma’rufjonov
-48 kg: Behruz Salimov
-51 kg: Kozimjon Rustamov
-55 kg: Asadbek Soataliyev
-59 kg: Shohjahon Ahmedov
-63 kg: Shohjahon Yunusov
-68 kg: Axrorbek Abdug‘afforov
-73 kg: Ahadjon Muxtorov
-78 kg: Muhiddin Yaxshiboyev
+78 kg: Nurlan Bayxojayev
Qizlar:
-42 kg: Valeriya Xegay
-44 kg: Madina Shoniyozova
-46 kg: Laylo Hasanova
-49 kg: Sofiya Xan
-52 kg: Shabbona Abduvaliyeva
-55 kg: Diyora Nishonova
-59 kg: Mubina Babasaidova
-63 kg: Sevinch Xayitova
-68 kg: Shahrizoda Ahmedova
+68 kg: Feruza Ernazarova