26 Sentyabr 2024 309

Yosh dzyudochi qizlar Olimpiya oʻyinlari chempioni bilan mashgʻulot oʻtkazishdi

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Judo Girls” klubining navbatdagi kun mashgʻuloti yosh qizlarimizning yodida muhrlanib qoladi. Boisi, unda Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Diyora Keldiyorova klub tarbiyalanuvchilari bilan mashq qildi.

Aniqrogʻi, dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston tarixidagi birinchi yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni boʻlgan atletimiz mashgʻulotlarni oʻzi oʻtkazdi. Bu esa yosh sportchilarning oʻzlaridagi ishonch va dzyudoga boʻlgan qiziqishlarini yanada orttiradi. 1 soatdan oshiq davom etgan mashgʻulotlarda Keldiyorova jajji qizaloqlarga ularning darajasidan kelib chiqqan holda kerakli usullarni oʻrgatib, yetuk sportchi boʻlib kamol topishlari uchun qimmatli tavsiyalarini berdi.

Text to speech