26 Sentyabr 2024 68

Jahon chempionatida velosportchilarimiz tarkibida oʻzgarish

Shu kunlarda Shveysariyaning Syurix shahrida veloshosse boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi ham qatnashishi haqida maʼlum qilgan edik.

Terma jamoamiz murabbiylar shtabi hamyurtlarimizning ishtiroki oldidan tarkibda oʻzgarishga qoʻl urdi. Unga koʻra, ayollar oʻrtasidagi guruh poygasi dasturida Yanina Kuskova oʻrniga Shahnoza Abdullayeva startga chiqadi.

Eslatib oʻtamiz, ertaga yurtdoshlarimiz orasida birinchi boʻlib Nikita Svetkov U23 yosh toifasidagi guruh poygasi dasturida oʻz omadini sinab koʻradi.

Text to speech