26 Sentyabr 2024 111

Yosh ogʻir atletikachilarimiz dunyo birinchiligini toʻrtta medal bilan yakunlashdi

Yosh og‘ir atletikachilarimiz Ispaniyaning Leon shahrida o‘tayotgan jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlashdi. 7 nafar sportchi bilan qatnashgan terma jamoamiz yakunda 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Batafsil:

 Oltin medal:
-89 kg: Diyorbek Ermatov (dast ko‘tarish)

 Kumush medal:
-59 kg: Nigora Abdullayeva (siltab ko‘tarish)
-73 kg: Husunboy Matrasulov (dast ko‘tarish)

 Bronza medal:
-59 kg: Nigora Abdullayeva (ikki kurash)

Qayd etish joiz, barcha sportchilarimiz “A” guruhida medallar uchun kurash olib borishdi. 4 nafar vakilimiz shohsupaga ko‘tarila olmagan bo‘lsalar ham, o‘zlari uchun ulkan tajriba orttirdilar.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mazkur musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan barcha atletlarimiz hamda ularning murabbiylari, mamlakat og‘ir atletika federatsiyasini samimiy qutlaydi.

Text to speech