24 Sentyabr 2024 149

Diyorbek Ermatov jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi

Ispaniyaning Leon shahrida ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasida kechayotgan jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi navbatdagi medaliga ega chiqdi. -89 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz Diyorbek Ermatov oltin medalga sazovor boʻldi.

Yurtdoshimiz dast koʻtarish mashqida 162 kg bilan eng yuqori natijani qayd etdi va mazkur yoʻnalishda birinchi oʻrinni egalladi. Afsuski, hamyurtimizga siltab koʻtarish mashqida biroz omad yetishmadi. Ushbu yoʻnalishda u 186 kg koʻtarib beshinchi, 348 kg bilan ikki kurash boʻyicha toʻrtinchi pogʻonani band etdi.

Text to speech