23 Sentyabr 2024 495

Diyora Keldiyorova hamon o‘z vaznida birinchilikni hech kimga bergani yo‘q

Bugun dzyudochilarimizning jahon reytingidagi o‘rniga nazar tashlaymiz. Shubhasiz, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarigacha -52 kg vazn toifasida peshqadam bo‘lib kelgan Diyora Keldiyorova Olimpiadadagi g‘alabasidan keyin yetakchilikni yanada mustahkamlab oldi. Shuningdek, 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida shohsupaga ko‘tarilgan polvonlarimiz Muzaffarbek To‘raboyev hamda Alisher Yusupov ham yuqori o‘rinlardan joy olishgan. Batafsil:

Erkaklar:
-60 kg:
1. Yung Vei Yang (Xitoy Taipeyi) ...
15. Doston Ro‘ziyev
16. Dilshodbek Baratov

-66 kg:
1. Xifumi Abe (Yaponiya) ...
12. Sardor Nurillayev
18. Muhriddin Tilovov

-73 kg:
1. Xidoyat Xeydarov (Ozarbayjon) ...
5. Shahram Ahadov ...
8. Murodjon Yo‘ldoshev

-81 kg:
1. Tato Grigalashvili (Gruziya) ...
7. Sharofiddin Boltaboyev (faoliyatini yakunlagan)

-90 kg:
1. Lasha Bekauri (Gruziya) ...
12. Davlat Bobonov

-100 kg:
1. Zelim Kotsoiyev (Ozarbayjon) ...
4. Muzaffarbek To‘raboyev

+100 kg:
1. Minjong Kim (Koreya Respublikasi) ...
8. Alisher Yusupov

Ayollar:
-52 kg:
1. Diyora Keldiyorova ...

-57 kg:
1. Krista Deguchi (Kanada) ...
20. Shukurjon Aminova

-70 kg:
1. Barbara Matich ...
19. Gulnoza Matniyazova (faoliyatini yakunlagan)

* Reytingda peshqadam va TOP-20 talikdan joy olgan o‘zbekistonlik atletlar ko‘rsatilgan.

Text to speech