Dushanbeda yosh dzyudochilarimiz jahon chempionligi uchun kurashishadi
2-6-oktyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Dunyoning 60 mamlakatidan 450 nafarga yaqin sportchi qatnashishi kutilayotgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etadi. Mamlakat dzyudo federatsiyasining ma’lum qilishicha, jamoamiz quyidagi tarkibda Dushanbega yo‘l oladi:
Yigitlar:
-60 kg: Murodil Murodillayev
-66 kg: Zamoxshari Bekmurodov
-66 kg: Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-81 kg: Mardon Ravshanov
-90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov
-90 kg: Alisher Samanov
-100 kg: Muhammadsodiq Sodiqov
+100 kg: Fazliddin Rafiqov
Qizlar:
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Muhayyo Ahtamova
-57 kg: Despina Bochkova
-63 kg: Marjona Nurillayeva
-70 kg: Barchinoy Qodirova
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-78 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva
+78 kg: Mohlaroyim To‘xtamisheva
+78 kg: Umida Nigmatova