19 Sentyabr 2024 40

Anvar Anvarov Jenevadagi nufuzli turnirda qatnashadi

21-22-sentyabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida yengil atletikaning uzunlikka va langarchoʻpga tayanib sakrash yoʻnalishlari boʻyicha nufuzli “Golden Fly” musobaqasi boʻlib oʻtadi. Bellashuvlar balandligi 147 metrgacha yetadigan Je-do favvorasi yonida boʻlishi unga yanada koʻtarinki ruh bagʻishlaydi.

Mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anvar Anvarov ham ishtirok etadi. Bellashuvlarda Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan koʻplab atletlar medallar uchun kurash olib borishadi.

Text to speech