19 Sentyabr 2024
300
Dzyudochilarimiz harbiylar o‘rtasidagi dunyo birinchiligiga hozirlanishmoqda
14-20-oktyabr kunlari Toshkent dzyudo boʻyicha harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ayni paytda sportchilarimiz poytaxtimizdagi federatsiya bazasida qizgʻin hozirlik koʻrmoqda.
Mashgʻulotlarni MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov ham kuzatib boryapti. Musobaqada Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan dzyudochilarimiz ham ishtirok etishi kutilmoqda. Yakuniy tarkib ayni paytda davom etayotgan yigʻin soʻngida rasman eʼlon qilinadi.