18 Sentyabr 2024 160

Qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi mamlakat kubogida g‘oliblar aniqlandi

Toshkentda qilichbozlik boʻyicha 23 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi bahslari oʻtkazildi. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan atletlar gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.

Musobaqaning yakuniy kunida sablya boʻyicha jamoaviy dasturda gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi. Kutilganidek, ushbu yoʻnalishdagi bellashuvlarda Qoraqalpogʻiston jamoasi birinchi oʻrinni egalladi.

Turnir yakunida shohsupadan oʻrin olgan ishtirokchilar terma jamoa tarkibida yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrish uchun oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga jalb etildi. Saralab olingan sportchilar bugunning oʻzida yigʻinga joʻnab ketishdi.

Text to speech