17 Sentyabr 2024
360
54 yoshli hamyurtimiz Sidney marafonida g‘alaba qozondi
Avstraliyaning Sidney shahrida Butunjahon yengil atletika federatsiyasining platinum darajasidagi “TCS Sydney Marathon” marafoni o‘tkazildi. Ahamiyatlisi, 50-54 yosh toifasidagi bellashuvlarda o‘zbekistonlik Dilfuza Allayarova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
54 yoshli hamyurtimiz masofani 2 soat 55 daqiqa 53 soniyada bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Bu yosh toifasidan qat’i nazar o‘zbekistonlik ayol marafonchilar tomonidan qayd etilgan eng yaxshi o‘ninchi natija bo‘ldi.
Allayarovaning bundan avvalgi shaxsiy rekordi 3 soat 1 daqiqaga teng bo‘lib, Chikago marafonida o‘rnatilgan edi. Mutaxassisligi rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lgan ushbu hamyurtimiz Toshkent viloyatida istiqomat qiladi.