17 Sentyabr 2024
339
O‘zbek futboli darg‘asi Mirjalol Qosimov 54 yoshda!
Bugun o‘zbek futbolining yorqin vakillaridan biri, o‘smirlar o‘rtasida jahon va yoshlar o‘rtasida Yevropa chempioni, Xirosima-1994 yozgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi, 4 karra O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi, “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi” hamda “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonlari, “Shuhrat” medali, “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati” ordenlarining sohibi, hozirda OKMK klubini boshqarib borayotgan Mirjalol Qosimov tugʻilgan kunini nishonlamoqda. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Mirjalol Qo‘shoqovichni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.