16 Sentyabr 2024 116

Yosh ogʻir atletikachilarimiz jahon chempionatida qatnashishadi

19-27-sentyabr kunlari Ispaniyaning Leon shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. 67 mamlakatdan 350 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadigan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham medallar uchun kurash olib borishadi.

Mamlakat og‘ir atletika federatsiyasining ma’lum qilishicha, ushbu dunyo birinchiligida terma jamoamiz 7 nafar sportchi bilan qatnashadi. Jamoamiz Ispaniya safariga 18-sentyabr kuni yo‘l oladi. Tarkib esa quyidagicha:

Erkaklar:
-67 kg: Diyorbek Ro‘zmetov
-73 kg: Husinboy Matrasulov
-81 kg: Hayitboy Abdushukurov
-81 kg: Abdulaziz Alimjonov
-89 kg: Diyorbek Ermatov

Ayollar:
-59 kg: Nigora Abdullayeva
-81 kg: Nigora Suvonova

Text to speech