16 Sentyabr 2024 93

Ommaviy sport musobaqasiga marhamat

22-sentyabr kuni zamonaviy beshkurash bo‘yicha lazer-ran turnirining II bosqichi bo‘lib o‘tadi. Xalqaro zamonaviy beshkurash federatsiyasi (UIPM) shafe’ligida o‘tkaziladigan ushbu ommaviy sport musobaqasida 350 nafarga yaqin professional va xavaskor sportchilar ishtirok etadi.

Tadbir poytaxtimizdagi “Eco park” bog‘ida tashkil etiladi. Dasturga ko‘ra, bellashuvlar 16:00 dan 20:00 ga qadar o‘tkaziladi.

Text to speech