15 Sentyabr 2024 159

Samira Abzalova jahon chempionatida yettinchi bo‘ldi

Portugaliyada zamonaviy beshkurash boʻyicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionatida qizlar oʻrtasidagi bellashuvlar yakunlandi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Samira Abzalova yettinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Sportchimiz yakunda 1346 ochko jamgʻarishga erishdi. Shuningdek, yakkalik dasturida ishtirok etgan yana bir yurtdoshimiz Mehriniso Qahramonova 1230 ochko bilan 35-boʻldi. Eslatib oʻtamiz, Mehriniso Qahramonova hamda Mubinaxon Qodirjonova juftligi estafeta bahslarida oʻninchi natijani qayd etishgan edi.

Text to speech