28 Iyun 2021
1968
Suzuvchilarimiz Vladivostokda so‘nggi yig‘inni o‘tkazishmoqda
Ayni kunlarda suzish bo‘yicha terma jamoamiz vakillari Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda. Mazkur yig‘in Tokio-2020 Olimpiadasi oldidan so‘nggi tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi.
Mashg‘ulotlar 21 iyun kuni boshlangan bo‘lib, 18 iyulga qadar davom etadi. Unga 5 nafar sportchi, 2 murabbiy va 1 massajchi jalb qilingan. Qayd etish joiz, Vladivostok shahri iqlim va vaqt mintaqasi bo‘yicha Tokio bilan bir xil bo‘lib, yig‘in orqali sportchilarimizning kunchiqar yurt havosiga moslashib olishi ko‘zda tutilgan.
Jamoamiz yig‘in yakuniga yetgach Toshkentga qaytadi va umumiy delegatsiya bilan Tokio shahriga yo‘l olishi rejalashtirilgan.