13 Sentyabr 2024
196
Birinchi kunda kuchlar teng keldi
Tennis boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Estoniyaga qarshi Devis kubogining World Group II bosqichidagi ishtirokini boshladi. Dastlab ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin Mark Layalga qarshi bahs olib bordi.
Sal kam 3 soat davom etgan oʻyinda hamyurtimiz 4:6, 6:4 va 6:7 hisoblarida imkoniyatni boy berdi. Shundan soʻng ayni paytda birinchi raqamli raketkamiz boʻlib turgan Humoyun Sultonov Kristyan Tam bilan hisob-kitob qildi. Mazkur qarama qarshilikda yurtdoshimiz 7:6, 6:4 hisoblarida zafar quchib, umumiy hisobni 1:1 koʻrinishiga keltirdi. Ertaga oʻtkaziladigan yana 3 oʻyindan soʻng keyingi bosqichga yoʻl oladigan jamoa nomi aniq boʻladi.