11 Sentyabr 2024 275

Beshkurashchi qizlarimiz jamoaviy estafetada o‘ninchi bo‘lishdi

Ayni kunlarda Portugaliyaning Kaldash-da-Rainya shahrida zamonaviy beshkurash boʻyicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionati oʻtkazilayotgani haqida maʼlum qilgan edik. Bugunga kelib, jamoaviy estafeta bellashuvlari oʻz yakuniga yetdi.

Dunyo birinchiligida 3 nafar sportchimiz qatnashmoqda. Ulardan ikki nafari Mehriniso Qahramonova hamda Mubinaxon Qodirjonova jamoaviy estafeta bellashuvlarida 1312 ochko jamgʻarib, oʻninchi oʻrinni egallashdi.

Endi yurtdoshlarimiz yakkalik dasturida sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib borishadi. Qurʼaga koʻra, Samira Abzalova saralashning A, Mehriniso Qahramonova hamda Mubinaxon Qodirjonova В guruhida keyingi bosqich yoʻllanmasi uchun startga chiqishadi.

Text to speech