11 Sentyabr 2024 157

Rishod Sobirov 38 yoshda!

Bugun oʻzbek dzyudosining yorqin vakillaridan biri, Olimpiya oʻyinlarining 3 karra bronza medali sohibi, 2 karra jahon chempioni, “El-yurt hurmati” ordeni, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonlari sohibi Rishod Sobirov tugʻilgan kunini nishonlamoqda. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Rishod Rashidovichni bugungi ayyom bilan samimiy tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech