28 Iyun 2021 2010

“Sport hamma uchun” gimnastradasi 400 nafar sport ixlosmandlarini birlashtirdi

Bu yilgi “Xalqaro Olimpiya kuni” ham butun Respublikamizni qamrab olmoqda. O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi tomonidan bu yilgi tadbir Sirdaryo viloyatida ommaviy gimnastrada bilan nishonlandi.

Musobaqa “Sport hamma uchun” shiori ostida o‘tkazildi. Guliston shahridagi Bolalar-o‘smirlar gimnastika sport maktabi mezbonlik qilgan mazkur tadbirda shiorga mos ravishda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 400 nafar turli yoshdagi vakillar qamrab olindi.

13 jamoa ushbu sog‘lomlashtiruvchi tadbirda turli dasturni namoyish etishdi. Hakamlar tomonidan yuqori baholangan qatnashchilarga XOQ prezidenti Tomas Bax va MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonovning imzolari tushirilgan diplomlar topshirildi.

Qayd etish joiz, sport gimnastikasida Rasuljon Abdullayev, Oksana Chusovitina, shuningdek, badiiy gimnastikadan Sabina Tashkenbayeva hamda 5 nafar qizlarimiz guruh mashqlarida Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan. Tadbir ishtirokchilari bo‘lajak Olimpiadada gimnastikachilarimizni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirib o‘tishdi.

Text to speech