10 Sentyabr 2024 712

Qit’a chempionatida tengsiz bo‘lgan o‘smir bokschilarimiz o‘zbek maktabining qudratini yana bir karra namoyish etishdi

BAAning Al Ayn shahrida boks bo‘yicha 14 va 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, O‘zbekiston U16 terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Ortda qolgan kun 20 nafar hamyurtimiz chempionlik uchun ringga ko‘tarilgan bo‘lsa, ulardan 14 nafari g‘alaba qozondi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, yana 6 nafar bokschimiz kumush va 3 hamyurtimiz bronza medallari bilan taqdirlanishdi. Yana bir ahamiyatlisi jihati, ushbu yosh toifasida musobaqaga tashrif buyurgan barcha sportchilarimiz yurtimizga medallar bilan qaytishadi. Shu tariqa, mazkur qit’a birinchiligida ham yosh charm qo‘lqop ustalarimiz o‘zbek boksining bugungi qudratini yana bir karra ko‘rsatishdi. G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:

Oltin medal:
-48 kg: Elyor Rustamov
-50 kg: Muhammad Rizo Ukimov
-52 kg: Behruz Qurbonov
-57 kg: Jahongir Zayniddinov
-60 kg: Saidxo‘ja Sadillaxo‘jayev
-63 kg: Suhrob Rahmatullayev
+80 kg: Islom Salihov
-50 kg: Nilufar Hamdamova
-52 kg: Robiya Ravshanova
-60 kg: Sevara Mamatova
-66 kg: Aselya Tulegenova
-70 kg: Xadichabonu Bekova
-75 kg: Maftuna Yangiyeva
-80 kg: Mavjuda Abdusaidova

Kumush medal:
-54 kg: Ibrohim Shokirjonov
-66 kg: Jasurbek Usmonjonov
-70 kg: Diyorbek Murodilloyev
-75 kg: Asilbek Abdusamadov
-80 kg: Jahongir Ergashev
-46 kg: Maftuna Musurmonova

Bronza medal:
-46 kg: Hikmatilla Sobirov
-54 kg: Farzuna Ro‘ziyeva
+80 kg: Nilufarxon Abduhoshimova

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu qit’a birinchiligida erishilgan muvaffaqiyat bilan mamlakat boks federatsiyasi, terma jamoamiz murabbiylar shtabi va yosh bokschilarimizni samimiy qutlaydi.

Text to speech