9 Sentyabr 2024 421

Bugun 20 nafar o‘smir bokschimiz Osiyo chempionligi uchun jang qiladi

Bugun BAAning Al Ayn shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetadi. Musobaqaning so‘nggi kunida U16 yosh toifasidagi final bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ma’lum qilganimizdek, unda O‘zbekiston terma jamoasining 20 nafar a’zosi chempionlik uchun ringga ko‘tariladi. To‘liq juftliklar bilan tanishing:

-46 kg: Maftuna Musurmonova - Joni (Hindiston)
-50 kg: Nilufar Hamdamova - Sin-Al Shen (Xitoy Taypeyi)
-52 kg: Robiya Ravshanova - Chandrika Bxoreshi (Hindiston)
-60 kg: Sevara Mamatova - Sofiya Vachshenko (Qozog‘iston)
-66 kg: Aselya Tulegenova - Sofiya Novikova (Ukraina)
-70 kg: Hadichabonu Bekova - Lakshu (Hindiston)
-75 kg: Maftuna Yangiyeva - Zarina Tolibay (Qozog‘iston)
-80 kg: Mavjuda Abdusaidova - Anshika (Hindiston)
-48 kg: Elyor Rustamov - Sahand Najafi (Eron)
-50 kg: Muhammad Rizo Ukimov - Xarsh (Hindiston)
-52 kg: Behruz Qurbonov - Ravin (Hindiston)
-54 kg: Ibrohim Shokirjonov - Biloljon Iksanov (Tojikiston)
-57 kg: Jahongir Zaynidinov - Kutmanbi Muratov (Qirg‘iziston)
-60 kg: Saidxo‘ja Sadillaxo‘jayev - Sahil Duhan (Hindiston)
-63 kg: Suhrob Rahmatullayev - Ashkan Xoshimi (Eron)
-66 kg: Jasurbek Usmonjonov - Ahmadi Arvaz (Qirg‘iziston)
-70 kg: Diyorbek Murodilloyev - Mohammad Saleh (Eron)
-75 kg: Asilbek Abdusamadov - Timur Taibekov (Qozog‘iston)
-80 kg: Jahongir Ergashev - Yerubay Turlibay (Qozog‘iston)
+80 kg: Islom Salihov - Volodimir Derkach (Ukraina)

Kecha bo‘lib o‘tgan U14 yosh toifasidagi finallarda 5 nafar hamyurtimiz jang qilib, yakunda barchalari kumush medalga sazovor bo‘lishdi. Shu tariqa, ushbu yosh toifasidagi O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 5 ta kumush va 5 ta bronza medallari bilan yakunladi.

Text to speech