Besh nafar oʻsmir bokschimiz chempionlik uchun jang qiladi
Bugun BAAning Al Ayn shahrida oʻtayotgan boks boʻyicha U14 yosh toifasidagi Osiyo chempionatining final bellashuvlari boʻlib oʻtadi. Maʼlum qilganimizdek, unda Oʻzbekiston terma jamoasining 5 nafar aʼzosi hal qiluvchi bosqichga yoʻl olgan. Bugun chempionlik uchun ringga koʻtariladigan hamyurtlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-33 kg: Aslbek Roʻzumboyev - Anushervon Sidigov (Tojikiston)
-35 kg: Yahyo Komilov - Abilay Dosimbekov (Qozogʻiston)
-43 kg: Muhammadali Istamov - Jumagali Nurmaxan (Qozogʻiston)
-58 kg: Abduvohid Abdumajidov - Akbarjon Abdullayev (Tojikiston)
-70 kg: Ayubxon Muhammadaliyev - Mansur Amantay (Qozogʻiston)
Ertaga 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi final bahslari tashkil etiladi. Ortda qolgan yarim final janglari yakuniga koʻra, ushbu yosh toifasida 20 nafar hamyurtimiz hal qiluvchi bosqichda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan.