Oybek Kasimov OOK Etika qo‘mitasi a’zoligiga saylandi
Nyu-Deli mezbonlik qilayotgan Osiyo Olimpiya kengashi (OOK)ning 44-Bosh Assambleyasida tashkilotning tarkibiy qismlariga ham saylovlar o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgan edik. Unga ko‘ra, O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov OOKning Etika qo‘mitasi a’zoligiga saylandi.
Qayd etish joiz, mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos bo‘lgan Oybek Omilovich avval ham ushbu sohada samarali mehnat qilgan. Xususan, bir vaqtda Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Yuridik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O.Kasimov endilikda osiyolik atletlar, yirik sport tadbirlariga mezbonlik qiladigan shaharlarning haq-huqularini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida ham o‘z bilimlarini ishga soladi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Oybek Omilovichning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatida ham omad va zafarlar tilab qoladi.