7 Sentyabr 2024 271

Davurxon Karomatov – Paralimpiya oʻyinlari sovrindori

Para dzyudochilarimizdan navbatdagi medal. J2 klassida -90 kg vazn toifasida ishtirok etgan Davurxon Karomatov Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda gruziyalik Lasha Kizilashvilidan ustun keldi.

Ushbu muvaffaqiyatdan keyin delegatsiyamiz hisobidagi medallar 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronzaga yetdi.

Text to speech