7 Sentyabr 2024 225

Roʻza Qoʻziyeva delegatsiyamizga navbatdagi kumush medalni keltirdi

Para pauerliftingchilarimiz ham Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokiga munosib hissa qoʻshishmoqda. -73 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtimiz Roʻza Qoʻziyeva kumush medalga sazovor boʻldi. Yurtdoshimiz oʻz chiqishida 147 kg toshni koʻtara oldi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 10 ta oltin, 9 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.

Text to speech