7 Sentyabr 2024 362

Oʻnlik dovon zabt etildi: Nurxon Qurbonova – Paralimpiya oʻyinlari chempioni!

Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarining bugungi bahslarini ajoyib yangilik bilan boshlaymiz. Para yengil atletikachimiz Nurxon Qurbonova F54 klassida nayza uloqtirish bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Yanada ahamiyatlisi, yurtdoshimiz musobaqada 21.12 metr natija qayd etib, yangi jahon rekordini ham oʻrnatishga erishdi. Ofarin, Nurxon!

Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 10 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.

Text to speech