6 Sentyabr 2024
313
15 yoshli Shaxinaxon Yigitaliyeva Paralimpiya oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritdi
“Stad de Frans” yana bir bor oʻzbek paralimpiyachilarining yorqin ishtirokiga guvoh boʻldi. Kelasi oy 16 yoshni qarshi oladigan hamyurtimiz Shaxinaxon Yigitaliyeva para yengil atletikaning F46 klassida nayza uloqtirish bahslarida kumush medal sohibiga aylandi. Yosh para atletimiz murosasiz bahslarda 43.12 metr natija qayd etishga erishdi.
Shuning bilan, delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 9 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronzani tashkil etmoqda.