6 Sentyabr 2024 357

Tolibboy Yoʻldoshev – Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlari chempioni!

Parijdan yana bir xushxabar. Para yengil atletikachimiz Tolibboy Yoʻldoshev Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga toʻqqizinchi oltin medalni taqdim qildi. F37 klassida disk uloqtirish sektorida ishtirok etgan yurtdoshimiz 57.28 metr natija bilan faoliyatidagi eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etib, oltin medalga sazovor boʻldi. Barakalla, Tolibboy!

Ushbu muvaffaqiyatdan keyin Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozirgacha 9 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronzaga yetdi.

Text to speech