28 Iyun 2021 1585

“Yangi imkoniyatlar sari” festivali Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidentida katta taassurot qoldirdi

Xabar berganimizdek, ayni paytda Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashid boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi. Bugun mehmonlar poytaxtimizda tashkil etilgan ommaviy sport tadbirida ishtirok etishdi.

Erta tongdan Mirzo Ulug‘bek nomidagi markaziy bog‘da (Central Park) jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida “Yangi imkoniyatlar sari” festivali start oldi. Unda Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ rahbariyati, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashid va keng sport jamoatchiligi ishtirok etdi.

Tadbir davomida Majid Rashid yurtimizning taniqli para-atletlari bilan uchrashdi, ular bilan bir qator sport turlarida do‘stona musobaqalashdi. Shuningdek, mehmonga mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan har bir ijtimoiy qatlam qatori Paralimpiya sportiga ham qaratilayotgan eʼtibor, buning uchun yaratib berilayotgan sharoitlar, yurtimizda ushbu sportning geografiyasi kengayib borayotgani haqida maʼlumot berildi.

Text to speech