Sadullayeva Syurixda to‘rtinchi bo‘ldi
Shveysariyaning Syurix shahrida yengil atletika boʻyicha “Brilliant liga”ning navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtdi. Maʼlum qilganimizdek, unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Safina Sadullayeva ishtirok etdi.
Mahoratli sportchimiz musobaqada toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Safina 1.80, 1.85 va 1.89 metrli balandliklarni birinchi urinishning oʻzida zabt etdi. Biroq 1.93 metr sportchimizga boʻysunmadi.
1. Yaroslava Maguchix (Ukraina) – 1.96 metr
2. Nikola Olislagers (Avstraliya) – 1.93
3. Irina Gerashenko (Ukraina) – 1.93
4. Safina Sadullayeva (Oʻzbekiston) – 1.89
Bugun Xorvatiyada Butunjahon yengil atletika federatsiyasining taqvimidan oʻrin olgan “oltin” darajadagi xalqaro musobaqa boʻlib oʻtadi. Unda hamyurtimiz Anvar Anvarov uzunlikka sakrash dasturida oʻz omadini sinab koʻradi.