6 Sentyabr 2024
269
Oʻzbek milliy kurashi oilasini tabriklaymiz!
Bugun dunyo boʻylab Butunjahon kurash kuni keng nishonlanmoqda. Asrlar davomida oʻz jozibadorligini saqlab qolgan milliy kurashimiz bugungi kunga kelib, oʻzining yangi davrini oʻtkazmoqda. 2017-yil Muhtaram Yurtboshimiz imzolagan tegishli qaror bilan “6-sentyabr – kurash milliy sport turi kuni” deb eʼlon qilindi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi mamlakatimiz va jahondagi kurash muxlislarini, ushbu sport oilasini bugungi bayram bilan samimiy tabriklab, milliy kurashimiz yanada taraqqiy etishini tilab qoladi.