5 Sentyabr 2024 741

Kichik o‘smirlarimizning o‘n nafari Osiyo chempionatining chorak finalida

Ayni kunlarda BAAning Al Ayn shahrida boks bo‘yicha U14 va U16 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun 14 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida yarim final janglari tashkil etiladi.

Ahamiyatlisi, ushbu bosqichga O‘zbekiston terma jamoasining 10 nafar a’zosi yetib kelgan bo‘lib, ularning barchasi kamida bronza medalini naqd qilishgan. Bugun hamyurtlarimiz quyidagi raqiblariga qarshi ringga ko‘tarilishadi:

-33 kg: Aslbek Ro‘zumbayev - Ali Abdikamal (Qozog‘iston)
-35 kg: Yahyo Komilov - Dilshod Sidjayev (Tojikiston)
-37 kg: Kamronbek Bahodirov - Uday Singh (Hindiston)
-40 kg: Javlonbek Muhammadisoqov - Bekxan Urazbay (Qozog‘iston)
-43 kg: Muhammadali Istamov - Muslim Pansher (Qirg‘iziston)
-46 kg: Bekzodbek Ravshanbekov - Emir Mukhit (Qozog‘iston)
-55 kg: Ahmadxon Abdusattorov - Abdimansur Jaksilik (Qozog‘iston)
-58 kg: Abduvohid Abdumajidov - Naman Kumar (Hindiston)
-67 kg: Muhammadrizo Xoldarov - Kamil Shar (Qirg‘iziston)
-70 kg: Ayubxon Muhammadaliyev - Jaidip Singh (Hindiston)

Text to speech