4 Sentyabr 2024 241

Butunjahon taekvondo kuni katta shodiyona bilan nishonlandi

Poytaxtimizda taekvondo WT boʻyicha Koreya Respublikasi elchisi kubogi xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Bugun xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimi va ommaviy fleshmob oʻtkazildi.

Marosimda Sport vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatov, Von Do Yon boshchiligidagi Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari, Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining chempioni Ulugʻbek Rashitov va kumush medal sohibi Svetlana Osipova ishtirok etishdi.

Rasmiylar taekvondo mamlakatimizda yoshlarning sevimli sport turiga aylanib borayotganini alohida eʼtirof etishdi. Kun davomida yosh sportchilar ishtirokida 4-sentyabr — Butunjahon taekvondo kuniga bagʻishlangan ommaviy fleshmob oʻtkazildi.

Text to speech