31 Avgust 2024
1487
Mohigul Hamdamova — Parij-2024 yozgi Paralimpiya o’yinlari sovrindori!
Parijdan xushxabarlar davom etadi. Hozirgina para yengil atletika bahslarida Mohigul Hamdamova bronza medalga sazovor bo’ldi. F57 klassida disk uloqtirish dasturida yurtdoshimiz 32.75 metr bilan shohsupaning uchinchi pog’onasidan joy oldi.
Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi.
