28 Iyun 2021
2046
Qarshidagi suzish bo‘yicha mamlakat chempionati “Xalqaro Olimpiya kuni”ga ulanib ketdi
Qashqadaryo viloyati Olimpiya zaxiralari kollejida suzish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ahamiyatlisi, ushbu musobaqa “Xalqaro Olimpiya kuni” bayramiga ulanib ketdi. Tadbirda ishtirokchilar uchun Olimpiya tarixi va yurtimizda Olimpiya harakati bo‘yicha qiziqarli maʼlumotlar berildi.
Mamlakat chempionatining birinchi kunida 100 va 1500 metr masofaga erkin usulda suzish, 200 metrga batterflyay hamda 4×100 metr masofaga kompleks usulda suzish bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Musobaqada jami 250 nafar sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
G‘olib va sovrindorlarga “Xalqaro Olimpiya kuni”dan esdalik sifatida maxsus diplomlar taqdim etilmoqda.