30 Avgust 2024 258

O‘smir dzyudochilarimiz Osiyo chempionatida 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘lishdi

Koreya Respublikasining Mungyong shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati bahslari nihoyasiga yetdi. Oʻrta va ogʻir vazn toifasida kechgan bugungi bahslarda yurtdoshlarimiz 2 ta oltin va 4 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Ikki kunlik bellashuvlar yakunida yosh dzyudochilarimiz 6 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza, jami 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi boʻlishdi. Ahamiyatlisi, bu borada peshqadamlik qilgan mezbonlar 6 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medallarini jamgʻarishgan. Bugungi kun qahramonlari bilan tanishing:

 Oltin medal:
-63 kg: Nigina Saparboyeva
+70 kg: Zarina Bobonazarova

 Bronza medal:
-73 kg: Suhrob Abduqodirov
-81 kg: Muhammadali Saʼdullayev
-90 kg: Musurmonqul Ahrorov
+70 kg: Umida Nigʻmatova

Ertadan yoshlar oʻrtasidagi bellashuvlarga start beriladi.

Text to speech