30 Avgust 2024 344

Barnoxon Sayfullayeva ham final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Perudan yana bir xushxabar. Yengil atletika boʻyicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionatida medallar uchun kurashni davom ettiradigan sportchimiz yana bittaga koʻpaydi.

Balandlikka sakrash dasturida ishtirok etayotgan Barnoxon Sayfullayeva saralashda 1.83 metr natija bilan eng kuchli 12 sportchi orasidan joy oldi. Endi u ham Sharifa Davronova kabi 31-avgust kuni final bosqichida medallar uchun kurashadi.

Oʻnkurash dasturida Nodir Norboyev ishtirokini davom ettirmoqda. Hozirda hamyurtimiz 5 dasturdan keyin 3036 ochko bilan 21-oʻrinda ketmoqda. Bugun u yana 5 yoʻnalishda startga chiqadi.

Text to speech