27 Iyun 2021 1940

MOQ raisi sport bazalaridagi epidemiologik vaziyat bilan tanishdi

Yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha tuzilgan maxsus komissiya qaroriga binoan, ertadan yangi karantin talablari joriy etiladi. MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov bugun bir qator sport bazalariga tashrif buyurib, u yerdagi vaziyat bilan tanishdi.

Tokio-2020 Olimpiadasiga tayyorgarlik olib borayotgan jamoalarimizning aksariyati hozirda Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinida joylashgan “Yangiobod” va “Dukent” o‘quv-bazalarida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida MOQ qoshidagi RSTIAM direktori Abdushukur Sadikov MOQ rahbariga hamrohlik qildi. Shuningdek, unda Angren shahar hokimi Shukurulla Mahmudov ham ishtirok etdi.

Mutasaddilar tashrif davomida boks, para-yengil atletika, sport kurashlari, taekvondo bo‘yicha terma jamoalarimizning bazalarida bo‘lib, u yerdagi sharoitlar bilan tanishdi. Murabbiylar shtabi va shifokorlar bilan uchrashib, hozirgi epidemiologik vaziyatning yomonlashib borayotgani bois sportchilarimizning salomatligini saqlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish, bazalarda qattiq nazorat o‘rnatish, karantin talablariga qatʼiy rioya qilish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berib o‘tishdi.

Text to speech