30 Avgust 2024 169

Inoyat Telmanov jahon chempiontida bronza medali bilan taqdirlandi

Peruda oʻtayotgan dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi oʻzining dastlabki medaliga sazovor boʻldi. -66 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Inoyat Telmanov bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Birinchi davradayoq yaponiyalik Ryuki Tanaka bilan roʻbaroʻ kelgan yurtdoshimiz chiroyli gʻalabaga erishdi. Afsuski, Telmanov chorak finalda gruziyalik Vasil Gamezardashviliga imkoniyatni boy berdi. Shundan soʻng u oʻtish bosqichida shvetsiyalik Aleksandr Marlovni, bronza medali uchun bahsda esa fransiyalik Baptist de Arauxoni magʻlubiyatga uchratishga erishdi.

Bugun boʻlib oʻtadigan -73 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yana bir hamyurtimiz Inomjon Bahodirov medallar uchun kurashadi.

Text to speech