29 Avgust 2024
322
O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati muvaffaqiyatli boshlandi
Koreya Respublikasining Mungyong shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning ilk kunida 11 nafar hamyurtimiz tatamiga chiqqan bo‘lsa, yakunda ulardan 10 nafari shohsupaga ko‘tarildi. Birinchi kun dasturida yurtdoshlarimiz 4 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Batafsil:
Oltin medal:
-40 kg: Dinara Hasanova
-44 kg: Dilnoza Hamidova
-50 kg: Xushnudbek Burxonov
-60 kg: Muhammad Masharipov
Kumush medal:
-52 kg: Nigina Umrzoqova
-55 kg: Muhammad Nosirov
-60 kg: Bahrom Asadov
-66 kg: Umrzoq Qurbonmurodov
Bronza medal:
-48 kg: Nargiza Do‘stmamatova
-55 kg: Dilshod Karimov