28 Avgust 2024
330
Yengil atletikachilarimizning jahon chempionatidagi ishtiroki boshlandi
Peruda yengil atletika boʻyicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionatining dastlabki kuni ortda qoldi. Maʼlum qilganimizdek, unda hamyurtimiz Dilshoda Usmonova 3000 metrga stipl-chez yugurish dasturida saralash bahsini oʻtkazdi.
2-guruhda ishtirok etgan Usmonova 10:26.94 daqiqa bilan mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. Afsuski, Usmonova bu koʻrsatkich bilan toʻqqizinchi boʻldi va unga final dasturiga yoʻllanma olish uchun 1 pogʻona yetmay qoldi.
Bugun atletlarimizdan Jonbibi Hukmova 400 metrga yugurish, Sharifa Davronova hamda Xushnoza Shavkatova uch hatlab sakrash dasturida final yoʻllanmasi uchun startga chiqishadi.