Yosh yengil atletikachilarimizning jahon chempionatidagi taqvimi bilan tanishing
Bugun Peru poytaxti Lima shahrida yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oladi. Ma’lum qilganimizdek, unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishadi.
Dasturga muvofiq, bugun Dilshoda Usmonova stipl-chez dasturida saralash poygasini o‘tkazadi. Poyga Toshkent vaqti bilan 28 avgustga o‘tar kechasi 02:00 da boshlanadi. Mazkur musobaqada ishtirok etadigan atletlarimizning chiqishi bilan tanishing:
28 avgust: Jonbibi Hukmova (400 metr, saralash)
28 avgust: Sharifa Davronova va Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash, saralash)
29-30 avgust: Nodir Norboyev (o‘nkurash)
29 avgust: Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash, saralash)
29 avgust: Jonbibi Hukmova (final)*
31 avgust: Sharifa Davronova, Xushnoza Shavkatova, Barnoxon Sayfullayeva (final)*