Polvonlarimiz jahon chempionatini yettita medal bilan yakunlashdi
Iordaniyaning Amman shahrida sport kurashlari bo‘yicha U17 yosh toifasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Yana bir ahamiyatli tomoni, 1 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ega chiqqan “klassik” kurashchilarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘lishdi. Batafsil:
Oltin medal:
-48 kg: Ulug‘bek Rashidov (erkin kurash)
Kumush medal:
-48 kg: Husniddin Abdukarimov (yunon-rum kurashi)
Bronza medal:
-45 kg: Umidjon Karomov (yunon-rum kurashi)
-55 kg: Sardor Xolmurzayev (yunon-rum kurashi)
-60 kg: Farruh Yo‘ldoshev (yunon-rum kurashi)
-71 kg: Behruzbek Valiyev (yunon-rum kurashi)
-92 kg: Faxrikamol Komiljonov (yunon-rum kurashi)