25 Avgust 2024 227

Eshkak eshuvchilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini yakunlashdi

Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Afsuski, unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari shohsupaga ko‘tarila olishmadi. Biroq hamyurtlarimiz o‘zlari uchun ulkan tajriba orttirishdi.

Dunyo birinchiligi 5000 metr masofadagi 4 ta dastur bilan nihoyasiga yetdi. Unda kanoechimiz Nurislom To‘xtasin o‘g‘li shohsupaga ko’tarilishga juda yaqin keldi. Biroq u yakunda marra chizig‘ini to‘rtinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Ayollar o‘rtasidagi poygada Dilnoza Rahmatova o‘ninchi natijani qayd etdi. Xuddi shu masofada baydarkachilar o‘rtasidagi bellashuvda Yaroslav Slavgorodskiy o'n uchinchi ko’rsatkichga ega bo’ldi. Ayollar bahsida Shahrizoda Mavlonova finishga yetib kela olmadi.

Text to speech